avatar
Doniyorbek Muminov | Qurilish bo'yicha mutaxassis
@MuminovDoniyorbek
30.03.2026 09:52
Pulli yo‘l majburiyat emas, tanlov

Yaqinda Chorvoq, Vodiy va Samarqand yo‘nalishlarida tezyurar pulli yo‘llar qurilishi haqida xabarlarni oʻqidim. Bu borada ko‘pchilikda savol tug‘ilyapti: pulli yo‘l aslida qanday ishlaydi va u oddiy yo‘ldan nimasi bilan farqli?

Buyuk Britaniya tajribasiga yana murojaat qilaylik. U yerda bu tizim juda sodda. Pulli yo‘l bir qo‘shimcha imkoniyat, xolos. Masalan, Birmingem atrofidagi M6 Toll yo‘li aynan tirbandlik muammosini hal qilish uchun qurilgan. Ya’ni mavjud bepul yo‘llar saqlanib qoladi, pulli yo‘l esa vaqt tejashni istaganlar uchun muqobil boʻlib xizmat qiladi. Hech kimda majburiyat yoʻq, tanlov har doim haydovchining o‘zida.

Bu yerda eng muhimi — vaqt va qulaylik. Pulli yo‘llarda odatda transport kamroq bo‘ladi, demak, tirbandlik deyarli yo‘q. Tezlik chegarasi o‘zgarmaydi, lekin siz bir xil tezlikda, to‘xtab qolmay harakatlanasiz. Yo‘l bo‘yida esa servis zonalar: yoqilg‘i quyish shoxobchalari, dam olish maskanlari, hatto kichik mehmonxonalar ham bor. Bu esa ayniqsa uzoq masofalarda qulay.

To‘lov tizimi ham ancha zamonaviy. Kimdir oddiy tartibda, yana kimdir avtomatik tizim bilan toʻlaydi (pul kartadan yechiladi va siz to‘xtamasdan yo‘lingizda davom etasiz). Qizig‘i, aynan shu avtomatik tizimda foydalanuvchilarga yaxshigina chegirmalar ham beriladi. Ya’ni tizim qanchalik aqlli bo‘lsa, foydalanuvchi uchun shunchalik qulay va arzonroq bo‘ladi.

Tartib va intizom ham bu tizimda ahamiyatli. Pulli yo‘llarda tartib juda qat’iy. Yo‘l bo‘yida to‘xtash mumkin emas (favqulodda holatlar mustasno), piyodalar, velosipedlar va sekin yuradigan transport vositalari umuman kiritilmaydi. Bu esa xavfsizlik va uzluksiz harakatni ta’minlaydi.

Bunday tizim bizga nima beradi? Javob juda oddiy — vaqtdan yutish. Agar hozir Toshkentdan Andijongacha taxminan 6 soat yursak, sifatli va tezyurar pulli yo‘l orqali bu vaqt sezilarli darajada qisqaradi. Ya’ni har kim o‘z vaqtining narxini o‘zi belgilaydi.

Umuman olganda, pulli yo‘l boylar uchun alohida yo‘l degani emas. Bu vaqtining har soniyasini qadrlaydiganlar uchun yaxshi imkoniyat. Agar bepul muqobil ham saqlanib qolsa, tizim adolatli ishlaydi. Tanlov bor joyda esa norozilik kam bo‘ladi.
👍 16
1
👎 1
5 892

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Doniyorbek Muminov | Qurilish bo'yicha mutaxassis

825
Qurilish bo'yicha mutaxassis Doniyorbek Muminovning kanaliga xush kelibsiz!

🏗 Construction Manager | Buyuk Britaniya, Xitoy, O‘zbekiston, Rossiya tajribasi.
Открыть в Telegram