avatar
Doniyorbek Muminov | Qurilish bo'yicha mutaxassis
@MuminovDoniyorbek
26.03.2026 09:35
O‘tgan kuni Lesterda joylashgan obyektimizda havo isitish-sovutish tizimining tashqi blokini kran yordamida o‘rnatdik. Tashqaridan oddiy jarayondek ko‘rinsa-da, aslida bu yuqori xavf toifasiga kiruvchi murakkab ko‘tarish amaliyotidir. Ayniqsa, shahar markazida, aholi yashash hududi ustida va noodatiy yuk bilan ishlanayotgan bo‘lsa, jarayonni puxta rejalashtirish talab etiladi.

Buyuk Britaniyada bunday ishlar qat’iy tartib asosida amalga oshiriladi. Dastlab kran kompaniyasi bilan yuk og‘irligi, o‘lchami va ko‘tarish sharoitlari kelishilib, maxsus reja ishlab chiqiladi va buyurtmachi hamda hudud egasi tomonidan tasdiqlanadi. Agar hudud xususiy bo‘lsa, ishlar mulkdor roziligi bilan bajariladi. Davlat yoki jamoat hududida esa kamida olti hafta oldin hokimiyatga rasmiy ariza topshiriladi, ariza ko‘rib chiqilgach yo‘l vaqtincha yopiladi va shundan keyingina ish boshlashga ruxsat beriladi.

Bu tartib istalgan shaxs tomonidan kranni tartibsiz o‘rnatish va transport harakatiga to‘sqinlik qilishning oldini olish uchun joriy etilgan. Hokimiyat transport oqimini nazorat qiladi, yo‘l yopilishi haqida oldindan ogohlantirish beradi va bu ma’lumotlar xaritalarda ham aks ettiriladi. Natijada transport muqobil yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi hamda favqulodda xizmatlar, jumladan yong‘in brigadalari harakati cheklanmaydi.

Xavfsizlik masalasi doim birinchi o‘rinda turadi. Kran kompaniyasidan texnika, ishchilar va uchinchi shaxslar uchun majburiy sug‘urtalar talab qilinadi. Ishlar turar joy ustida olib borilsa, aholi kamida 48 soat oldin ogohlantiriladi. Ob-havo, xususan shamol tezligi doimiy nazorat qilinadi va me’yor oshsa, ish darhol to‘xtatiladi. Jarayon davomida barcha mutaxassislar operator, yo‘naltiruvchi, nazoratchi va boshqa xodimlar uzluksiz aloqa orqali ishlaydi, hudud esa to‘liq yopiladi.

Ish yakunida barcha hujjatlar rasmiylashtiriladi va hatto yuz bermagan, ammo ehtimoliy xavf holatlari ham qayd etiladi. Shu sababli bu sohada “oddiy ish” degan tushuncha yo‘q har bir ko‘tarish amaliyoti ortida qat’iy tizim, yuqori javobgarlik va doimiy nazorat mavjud. Aks holda, katta moliyaviy jarimalar bilan birga jinoiy javobgarlik ham yuzaga kelishi mumkin.

Mazkur xizmatlarning qiymati odatda kamida bir ish kuni uchun 2000 dollar va undan yuqori miqdorni tashkil etadi.
👍 14
5
🤔 1
3 813

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Doniyorbek Muminov | Qurilish bo'yicha mutaxassis

825
Qurilish bo'yicha mutaxassis Doniyorbek Muminovning kanaliga xush kelibsiz!

🏗 Construction Manager | Buyuk Britaniya, Xitoy, O‘zbekiston, Rossiya tajribasi.
Открыть в Telegram