Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan tajribalar Xitoyda keng qo‘llaniladi. U yerda o‘rmon xo‘jaliklari va maxsus ilmiy markazlar orqali qaysi hududda qaysi daraxt turi yaxshi o‘sishi, qaysi daraxt tezroq soya berishi va shahar muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatishi chuqur o‘rganiladi. Shundan kelib chiqib, hududning iqlimi va tuproq sharoitiga mos daraxt turlari tanlanadi va katta hajmda ko‘chatlar yetishtiriladi.
Ko‘pincha oddiy nihollar emas, balki bir necha yil parvarish qilingan, ancha rivojlangan daraxtlar ekiladi. Bunday daraxtlar ekilgach tezroq moslashadi, qisqa vaqt ichida soya bera boshlaydi va shahar iqlimini yumshatishga xizmat qiladi. Daraxtlarni ekish jarayoni ham alohida tizim asosida amalga oshiriladi. Ularni maxsus texnika bilan ko‘chirib olib kelish, yerga mustahkamlab o‘rnatish, dastlabki yillarda parvarish qilish va hatto qurib qolgan taqdirda almashtirib berish kabi majburiyatlar shartnoma asosida bajariladi.
Vazirlar Mahkamasining 83-sonli qarorida yangi qurilish loyihalarida yoki hududlarni rivojlantirish rejalari tasdiqlanayotgan paytda yashil hududlar alohida talab sifatida belgilandi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi qurilish maydonining 30 foizi yashil zona bo‘lishi kerak. Tegishli mutaxassislar bugundan boshlab hududga mos ekiladigan ko‘chatlarni aniqlab, ekib parvarishlashni boshlashsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
👍15
❤4
👏3
2 983
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram