Parkovkadan tushum shahar rivojiga xizmat qilishi kerak
Ko‘plab rivojlangan shaharlarda avtoturargohlar nafaqat transport muammosini tartibga solish vositasi, balki mahalliy budjet uchun barqaror tushum manbai sifatida ham ishlaydi. Masalan, Buyuk Britaniyada shaharning eng markaziy va avtomobillar oqimi yuqori bo‘lgan hududlarida avtoturargohlar ko‘pincha bevosita mahalliy hokimiyat tomonidan tashkil etiladi. Bunday tizimda turargohlardan tushgan barcha to‘lovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri mahalliy budjetga yo‘naltiriladi va shahar infratuzilmasini rivojlantirish uchun muhim moliyaviy manba bo‘lib xizmat qiladi.
U yerda avtoturargohlar odatda ikki turga bo‘linadi: davlatga tegishli va xususiy turargohlar. Davlat turargohlaridan tushgan daromad to‘liq mahalliy hokimiyat hisobiga tushadi. Xususiy turargohlar esa o‘z faoliyatidan foyda olsa-da, ular “business rates” deb ataladigan mahalliy soliqlarni to‘laydi. Natijada, xususiy sektor ham baribir mahalliy budjetga sezilarli tushum keltiradi.
Bundan tashqari, parkovka siyosati orqali transport oqimi ham boshqariladi. Masalan, kun davomida uzoq vaqt avtomobil qo‘yish qimmat bo‘lib, bu haydovchilarni mashinani kamroq vaqtga qoldirishga undaydi. Lekin kechki paytdan ertalabgacha mahalliy aholi uchun arzon tariflar joriy etiladi. Shu orqali shahar markazida yashovchi aholiga qulaylik yaratiladi va tizim muvozanatli ishlaydi.
Toshkent shahrida ham aholi soni ortib borayotgani va avtomobillar ko‘payayotgani sababli avtoturargohlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora oshib boryapti. Ayniqsa, Markaziy bank atrofidagi hududlar, Amir Temur xiyoboni, Xalqlar do‘stligi maydoni kabi markaziy joylarda parkovkaga talab doimo yuqori. Shunday hududlarda avtoturargohlarni tartibli va shaffof tizim asosida, imkon qadar shahar hokimiyati tomonidan boshqariladigan model orqali yo‘lga qo‘yish nafaqat tartibni ta’minlaydi, balki mahalliy budjetni mustahkamlash uchun ham muhim imkoniyat yaratadi deb oʻylayman.
👍12
👏2
❤1
2 976
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram