avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
08.08.2026 10:46
Oltintepa mahallasida manzilli o‘rganishlar olib borildi

📍 “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanining “Oltintepa” MFY hududida navbatdagi manzilli o‘rganishlar amalga oshirildi. “Turonbank” ATB Mirzo Ulug‘bek BXO rahbari boshchiligida bank xodimlari mahallada bo‘lib, tegishli reyestrga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarning yashash sharoiti, mavjud ehtiyojlari va ijtimoiy holati bilan xonadonbay tanishdi.

🤝 O‘rganishlar davomida oilalarning kundalik turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolariga amaliy yechim topish hamda ular uchun munosib va qulay sharoit yaratishga qaratilgan masalalar joyida ko‘rib chiqildi. Har bir xonadonning holatidan kelib chiqib, zarur ko‘mak choralarini belgilash va aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar kelishib olindi.


🏦 “Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda aholining ehtiyojlarini manzilli o‘rganish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
2
4 704

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali

8.8K
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района

Мурожаатлар: @MurojaatMU_bot
Открыть в Telegram