avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
10.08.2026 01:44
#Mahallada_obodlik_va_mehr_saxovat_oyligi
#Dolzarb_40_kunlik
#Hashar #Saf_yigʻini

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” hamda “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari tumandagi mahallalarda qizgʻin pallaga kirdi.

Bugun erta tongdan Mirzo Ulugʻbek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov boshchiligida barcha masʼullar saf yigʻinini oʻtkazdi. Unda “Kamolot” va “Yangi Kamolot” mahallalari hududida tashkil etiladigan hashar jarayonlarida amalga oshiriladigan ishlar rejasi tuzib olindi. Mazkur ishlar yuzasidan barcha tegishli masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Hashar jarayonlarida mahallalarning sanitar holati, obodonlashtirish, bolalar maydonchalari va sport maydonlari holati, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, kommunal soha tarmoqlarini tartibga keltirish, ichki yoʻllar hamda irrigatsiya ariqlari holatiga asosiy eʼtibor qaratiladi.

***

Мероприятия, проводимые в рамках «Месяца благоустройства махалли и милосердия» и «Dolzarb 40 kunlik», вступили в активную фазу во всех махаллях района.

Сегодня ранним утром хоким Мирзо-Улугбекского района Бoходир Гаибназаров провёл утреннее построение с участием всех ответственных руководителей. В ходе совещания был утверждён план работ по проведению хашара на территориях махаллей «Касолот» и «Янги Камолот». По каждому направлению всем ответственным лицам были поставлены конкретные задачи.

В ходе хашара основное внимание будет уделено санитарному состоянию махаллей, благоустройству территорий, приведению в порядок детских и спортивных площадок, демонтажу незаконных сооружений, упорядочению объектов коммунальной инфраструктуры, а также состоянию внутренних дорог и ирригационных арыков.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
5 599
avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
09.08.2026 06:57
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirzo Ulugʻbek tumani Yuzrabot koʻchasida daraxtning sinib tushgani bilan bogʻliq xabarlar tarqaldi. Mazkur holat tuman masʼullari tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, daraxt tabiiy omillar taʼsirida sinib tushgan. Hodisa oqibatida fuqarolar hamda ularning mol-mulkiga hech qanday zarar yetmagan.

Hozirgi vaqtda hududni tartibga keltirish hamda sinib tushgan daraxt qoldiqlarini olib tashlash ishlari olib borilmoqda.

***
Официальное заявление

В социальных сетях были опубликованы сообщения о падении дерева на улице Юзработ в Мирзо-Улугбекском районе. Данная ситуация была изучена ответственными службами района.

В ходе проверки установлено, что дерево сломалось под воздействием естественных природных факторов. В результате происшествия граждане и их имущество не пострадали.

В настоящее время на территории проводятся работы по приведению участка в порядок и уборке сломанного дерева.

@Hokimiyat_MirzoUlugbe
2
3 749
avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
09.08.2026 04:47
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirzo Ulugʻbek tumani Olimlar koʻchasi hamda ushbu koʻchadagi piyodalar yoʻlagi holati yuzasidan murojaatlar qoldirilgan. Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ayni paytda Mirzo Ulugʻbek tumanida elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, mavjud tarmoqlardagi muammolarni bartaraf etish hamda elektr energiyasidan samarali va tejamkor foydalanishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Olimlar ko‘chasida mavjud yer usti elektr tarmoqlarini yer osti tarmoqlariga almashtirish hamda yer osti kabellarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar qazish ishlari yakunlangan bo‘lib, ayni vaqtda kabellarni ko‘mish va yo‘l qoplamasini asfalt-beton bilan tiklash ishlari boshlangan.

Shuningdek, mazkur hududdagi piyodalar yo‘lagida avtotransport vositalarining tartibsiz harakatlanishi va to‘xtab turishini tartibga solish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga zarur topshiriqlar berilgan.

Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun fuqarolarimizdan uzr so‘raymiz hamda bildirilgan murojaatlar va faol fuqarolik pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildiramiz. Barcha qurilish va obodonlashtirish ishlari imkon qadar qisqa muddatlarda yakunlanib, hudud to‘liq tartibga keltiriladi.

***
Официальное сообщение

В социальных сетях были опубликованы обращения, касающиеся состояния улицы Олимлар и пешеходной дорожки, расположенной на данной улице в Мирзо-Улугбекском районе. По данному вопросу пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района сообщает следующее.

В настоящее время в Мирзо-Улугбекском районе особое внимание уделяется модернизации системы электроснабжения, устранению существующих проблем в электрических сетях, а также обеспечению эффективного и экономного использования электроэнергии.

В частности, на улице Олимлар ведутся работы по замене существующих воздушных линий электропередачи на подземные сети, а также по прокладке подземных кабельных линий. На сегодняшний день земляные работы завершены, в настоящее время осуществляется укладка кабелей, их засыпка и восстановление асфальтобетонного покрытия.

Кроме того, по вопросу упорядочения движения и парковки автотранспортных средств на пешеходной дорожке по указанному адресу соответствующим ответственным организациям даны необходимые поручения.

Приносим извинения жителям за временные неудобства и выражаем благодарность за активную гражданскую позицию и неравнодушие. Все строительно-восстановительные и работы по благоустройству будут завершены в максимально короткие сроки, после чего территория будет полностью приведена в надлежащее состояние.
1
👍 1
2 918
avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
Переслано от Shavkat Mirziyoyev_press-service
08.08.2026 16:13
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi gʻoliblariga tabrik

Поздравление победителям Национального конкурса профессионального мастерства «Созидатели Нового Узбекистана»

Prezident.uz|Facebook*|Instagram*|YouTube|X
👍 2
1 704
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
08.08.2026 14:16
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirzo Ulugʻbek tumani “Darxon” mahallasi fuqarolari tomonidan mahalla hududida faoliyat olib borayotgan “Muzey Plova” tadbirkorlik subyektiga tutash hududlar boʻyicha murojaatlar qoldirilgan. Mazkur holat Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi Matbuot xizmati tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, tadbirkorlik subyektiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tutash hududdan foydalanish uchun ruxsat berilgan.

Shu bilan birga, tadbirkor tomonidan belgilangan hududdan tashqariga vaqtinchalik saqlash maqsadida konteynerlar joylashtirilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tadbirkor bilan tushuntirish ishlari olib borilib, yashil hududlarni asl holicha saqlash, tabiiy landshaftga zarar yetkazmaslik hamda fuqarolarning dam olishi va erkin foydalanishi uchun moʻljallangan jamoat hududlaridan belgilangan tartibdan chetga chiqmagan holda foydalanish zarurligi qatʼiy tushuntirildi.

Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish va hududni belgilangan tartibga keltirish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini ma’lum qilamiz.

Hududdagi faol fuqarolarimizga befarq boʻlmay, murojaat yoʻllaganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz.

***
Официальный комментарий

В социальных сетях были опубликованы обращения жителей махалли «Дархон» Мирзо-Улугбекского района по поводу прилегающей территории к субъекту предпринимательства «Muzey Plova». Данная ситуация была изучена Пресс-службой хокимията Мирзо-Улугбекского района.

В ходе проверки установлено, что субъекту предпринимательства в соответствии с постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему упрощению организации сезонного использования прилегающих территорий субъектами предпринимательства» предоставлено разрешение на использование прилегающей территории.

Вместе с тем выявлено, что предпринимателем за пределами выделенной территории были размещены контейнеры для временного хранения.

По данному факту с предпринимателем проведена разъяснительная работа. Ему разъяснена необходимость сохранения зеленых зон в их первоначальном состоянии, недопущения нанесения ущерба природному ландшафту, а также соблюдения установленного порядка использования общественных территорий, предназначенных для отдыха и свободного пользования граждан.

Сообщаем, что будут приняты соответствующие меры по устранению выявленных недостатков и приведению данной территории в надлежащее состояние.

Выражаем благодарность активным жителям за неравнодушие и своевременно направленное обращение.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
4
5 877
avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
08.08.2026 12:53
Qurilish sohasi xodimlari kuni muborak bo‘lsin!

O‘z mehnati bilan shahrimizni o‘zgartirayotgan va rivojlantirayotgan aziz do‘stlar!

Toshkent shahar hokimligi nomidan sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

Toshkent kundan-kunga o‘zgarmoqda. Yangi turar joylar va ijtimoiy obyektlar barpo etilmoqda, infratuzilma rivojlanmoqda, ko‘chalar va jamoat joylari obodonlashtirilmoqda. Har bir loyiha zamirida o‘z bilimi, mahorati va mas’uliyati bilan poytaxtimizning zamonaviy qiyofasini yaratayotgan minglab mutaxassislarning mehnati yotibdi.

Bugungi kunda qurilish sohasi jadal rivojlanmoqda: zamonaviy texnologiyalar, raqamli boshqaruv va nazorat tizimlari, yangi muhandislik va me’moriy yechimlar joriy etilmoqda. Shahar muhitining sifati, energiya tejamkorligi va ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor tobora kuchaymoqda.

Shu bilan birga, Toshkent uchun nafaqat barpo etilgan obyektlar soni, balki qurilish sifati, shaharsozlik me’yorlari va xavfsizlik talablariga rioya etish, shuningdek, aholi manfaatlarini hisobga olish ham prinsipial ahamiyatga ega.

Yirik loyihalarni amalga oshirish, yangi hududlarni o‘zlashtirish va shahar infratuzilmasini yangilashni kuchli kasbiy hamjamiyatsiz va o‘z ishiga fidoyi insonlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Tajribasi va bilimi yangi avlod mutaxassislari uchun poydevor bo‘lib xizmat qilgan soha faxriylariga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Barcha qurilish sohasi xodimlariga Toshkent shahri va uning aholisi ravnaqi yo‘lidagi professionalligi, mas’uliyati va bunyodkorlik mehnati uchun tashakkur izhor etamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, farovonlik, loyihalaringiz muvaffaqiyatli bo‘lishini va yangi kasbiy yutuqlarni tilaymiz.

Bayram muborak! Qurilish sohasi xodimlari kuni muborak bo‘lsin!

———-

С Днём работников сферы строительства!

Дорогие друзья, чей труд меняет и развивает наш город!

От имени хокимията города Ташкента сердечно поздравляем вас с профессиональным праздником!

Ташкент меняется каждый день. Строятся новые жилые дома и социальные объекты, развивается инфраструктура, благоустраиваются улицы и общественные пространства. За каждым проектом стоит труд тысяч специалистов, которые своими знаниями, мастерством и ответственностью формируют современный облик столицы.

Сегодня строительная отрасль активно развивается: внедряются современные технологии, цифровые системы управления и контроля, новые инженерные и архитектурные решения. Всё больше внимания уделяется качеству городской среды, энергоэффективности и озеленению.

При этом для Ташкента принципиально важно не только количество построенных объектов, но и качество строительства, соблюдение градостроительных норм и требований безопасности, а также интересов жителей.

Реализация крупных проектов, развитие новых территорий и обновление городской инфраструктуры невозможны без сильного профессионального сообщества и людей, преданных своему делу.

Особая благодарность — ветеранам отрасли, чей опыт и знания стали основой для новых поколений специалистов.

Благодарим всех работников строительной сферы за профессионализм, ответственность и созидательный труд на благо Ташкента и его жителей.
Желаем вам крепкого здоровья, благополучия, успешных проектов и новых профессиональных достижений.

С праздником! С Днём работников сферы строительства!

YouTube | Facebook* | Instagram* | Web-site | Telegram-bot
1
2 580
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
08.08.2026 10:46
Oltintepa mahallasida manzilli o‘rganishlar olib borildi

📍 “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanining “Oltintepa” MFY hududida navbatdagi manzilli o‘rganishlar amalga oshirildi. “Turonbank” ATB Mirzo Ulug‘bek BXO rahbari boshchiligida bank xodimlari mahallada bo‘lib, tegishli reyestrga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarning yashash sharoiti, mavjud ehtiyojlari va ijtimoiy holati bilan xonadonbay tanishdi.

🤝 O‘rganishlar davomida oilalarning kundalik turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolariga amaliy yechim topish hamda ular uchun munosib va qulay sharoit yaratishga qaratilgan masalalar joyida ko‘rib chiqildi. Har bir xonadonning holatidan kelib chiqib, zarur ko‘mak choralarini belgilash va aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar kelishib olindi.


🏦 “Turonbank” ATB tomonidan mahallalarda aholining ehtiyojlarini manzilli o‘rganish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
2
4 704

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali

8.8K
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района

Мурожаатлар: @MurojaatMU_bot
Открыть в Telegram