#PIRLS_2026
O‘zbekiston PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida ishtirok etmoqda
Ma’lumki, joriy yilning 15-aprel sanasidan respublikamizdan tanlab olingan maktablarda
PIRLS 2026 xalqaro baholash dasturining asosiy sinov jarayonlari boshlandi.
Tadqiqotda ishtirok etish uchun Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (
IEA) tomonidan O‘zbekistonning barcha hududlaridan
164 ta maktab reprezentativlik va tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi.
Mazkur maktablardan
5947 nafar
4-sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalari,
214 nafar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari hamda
164 nafar maktab direktorlari ishtiroki rejalashtirilgan bo‘lib, jarayonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Ma’lumot uchun: PIRLS 2026 tadqiqotida 60 dan ortiq mamlakat hamda ta’lim tizimlari qatnashmoqda va O‘zbekiston ushbu tadqiqotda ikkinchi marotaba ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, har besh yilda bir marta o‘tkaziladigan PIRLS tadqiqoti 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi.
PIRLS 2026 tadqiqotning oltinchi davri bo‘lib, unda qatnashayotgan barcha davlatlar baholash jarayonida to‘liq raqamli formatda ishtirok etmoqda.
PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarida ishtirok etayotgan barcha o‘quvchilarimizga omad tilaymiz!
Telegram Instagram* Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram