“AIBO — 2026”: 12 davlat yoshlarini jamlagan xalqaro olimpiada yakunlandi
22-24 aprel kunlari Namangan shahrida
Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi (AIBO — 2026) boʻlib oʻtdi. Yurtimiz ikkinchi bor mezbonlik qilgan ushbu olimpiada dunyoning
12 ta mamlakatidan — Turkiya, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Belarus, Rossiya, Malayziya, Tailand va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan
94 nafar o‘quvchi uchun oʻzaro tajriba almashish maydoniga aylandi. Olimpiada doirasidagi ikki bosqichli topshiriqlar
xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda xolis va qat’iy mezonlar asosida baholandi.
Mazkur xalqaro olimpiadada qatnashib, o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan barcha ishtirokchilarni, shuningdek, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilarimizni tabriklayman. Bu kabi xalqaro tanlovlar yoshlarimizning kelgusi ilmiy izlanishlari uchun mustahkam zamin yaratadi.
Telegram Instagram* Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram