avatar
E’zoza Karimova
@Ezozagafurjanovna
16.04.2026 21:01
#Yoshlar_bilan_uchrashuv

Bugun poytaxtimizdagi 300-maktabda o’quvchi-yoshlar bilan navbatdagi muloqot uchrashuvimiz bo‘lib o‘tdi.

Har haftaning payshanba kuni intiluvchan, ko‘zlari yonib turgan yoshlar bilan uchrashamiz. Ularning bilimi va keng dunyoqarashi menga hamisha ilhom bag’ishlaydi.

Bugun ham o‘quvchilarimizning yutuqlari, ularning tashabbus va loyihalarini ko’zdan kechirdim, taklif hamda mulohazalariga quloq tutdim.

⚽️ Shu kuni O’zbekiston Futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bilan Hamkorlik memorandumini ham imzoladik.

Bundan ko’zlangan maqsad — futbol sport turiga qiziqadigan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni ishga tushirishdan iborat.

🔹 Mart oyida Surxondaryoda o’quvchi qizlarimiz o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqalarini o‘tkazgan edik. Endilikda o’g’il bolalar o’rtasida ham futbol bo‘yicha Respublika musobaqalari tashkil qilinadi.

Telegram Instagram*  Facebook*
👍 35
🔥 8
👏 2
🎉 1
125 11.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

E’zoza Karimova

9K
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Murojaat uchun: @VazirmurojaatBot
Открыть в Telegram