avatar
E’zoza Karimova
@Ezozagafurjanovna
16.04.2026 20:40
Maktab – faqat ta’lim maskani emas, katta g‘oyalar maydonidir

Bugun poytaxtimizdagi 300-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvimiz men uchun kelajagimiz egalari bilan samimiy muloqot bo‘ldi. Har gal yoshlar bilan suhbatlashganimda, ularning dunyoqarashi va dadil takliflaridan yangi bir quvvat olaman.

Sakkizta veb-sayt yaratgan yosh dasturchimiz Behruzning dadilligi tahsinga loyiq. Uning Kundalik.com platformasini takomillashtirish bo‘yicha bergan takliflari va “Mutaxassislar bilan bir jamoada ishlashga tayyorman” degan gapida katta ishonch bor. Biz Behruzni yaqin kunlarda soha mas’ullari bilan uchrashuvga taklif qilamiz va uning salohiyatidan tizimni rivojlantirishda foydalanamiz.

Yana bir iqtidorli o‘quvchimiz, 300 dan ortiq kitob mutolaa qilib, “Yosh kitobxon” tanlovida g‘olib chiqqan Niginaning taklifi ham juda o‘rinli bo‘ldi. U maktab oshxonasini zamonaviy “Book Cafe” shaklida qayta jihozlash g‘oyasini ilgari surdi. Biz bu tashabbusni tadbirkorlar bilan hamkorlikda loyihalashtirib, nasib qilsa, kuzga qadar amalga oshirishni reja qildik.

Maktabning “Kichik akademiya”si a’zosi, IELTS 7,5 va SAT 1600 ball egasi Abdurashid Ramazonovning natijalari barchaga o‘rnak bo‘lishga arziydi. Iqtisodiyot sohasiga qiziqqan bu o‘quvchimiz muddatidan avval Nyu-York universitetining Shanxay filialiga grant asosida qabul qilinibdi. Abdurashid tengdoshlariga xorijiy oliygohlarga hujjat topshirish va grant yutish yo‘llarini o‘rgatish uchun maktabda “Maslahat markazi” tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi.

Aziz yoshlar! Intilishdan to‘xtamang, biz sizni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!

Telegram Instagram*  Facebook*
👍 39
🔥 9
👏 2
👌 1
115 11.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

E’zoza Karimova

9K
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

Murojaat uchun: @VazirmurojaatBot
Открыть в Telegram