avatar
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi rasmiy kanali/Oficjalny kanał ambasady Uzbekistanu w Polsce
@EmbUzPoland
30.04.2026 22:43
Hurmatli vatandoshlar!

Konsullik xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish tartibiga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz. To‘lovni amalga oshirishdan oldin, avvalo konsullik bo‘limi xodimi bilan maslahatlashishingizni qat’iy tavsiya etamiz.

So‘nggi vaqtlarda noto‘g‘ri amalga oshirilgan to‘lovlar soni ortib bormoqda. Shuni ma’lum qilamizki, bunday noto‘g‘ri to‘lovlar qabul qilinmaydi va texnik sabablarga ko‘ra qaytarilmaydi.

Ma’lumot uchun: to‘lovlar faqat AQSh dollarida va faqat elchixonaning yagona konsullik hisob raqamiga amalga oshirilishi lozim.

Noxush holatlar va moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish uchun, iltimos, barcha to‘lov tafsilotlarini oldindan aniqlashtiring.

Tushunganingiz uchun rahmat.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Elchixonasi
👍 19
🤔 6
4
👏 2
3 2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi rasmiy kanali/Oficjalny kanał ambasady Uzbekistanu w Polsce

4K
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi faoliyatiga oid / Działalność Ambasady Uzbekistanu w Polsce
+48228946230
pl.consulate@mfa.uz
Murojaat qoldirish: https://forms.gle/GgZuDKFmPRZpyZa26
@Embuzpoland_bot
taplink.cc/uzbekistanembassypl
Открыть в Telegram