avatar
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi rasmiy kanali/Oficjalny kanał ambasady Uzbekistanu w Polsce
@EmbUzPoland
02.03.2026 00:48
Hurmatli Polshada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari!

Varshava shahrida xorijiy fuqarolar ishtirokida sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan berilgan xabarlarga munosabat bildirgan holda, Elchixona sizlarni mamlakat qonunchiligi hamda jamoat tartibi qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqiradi.
Eslatib o‘tamiz:
• har bir xorijiy fuqaro mezbon davlat qonunlariga amal qilishi shart;
• nizolar va noqonuniy harakatlarda ishtirok etish jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan jarimalar, hibsga olish, hujjatlarning bekor qilinishi hamda Shengen hududiga kirish taqiqi;
• atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish umumiy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaydi.
Sizlarni mas’uliyatli bo‘lishga, nizoli vaziyatlardan yiroq turishga hamda Polsha Respublikasining qonunlari va an’analariga hurmat bilan yondashishga chaqiramiz.
Zarurat tug‘ilganda Elchixonaga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Tel: 22 894 62 30
El.pochta: pl.consulate@mfa.uz

Hurmat bilan,

O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Elchixonasi
📱Telegram - 👈🏻Обуна бўлиш.
FaceBook*YoutubeInstagram*Web
👍 30
👏 8
4
👌 2
50 4.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi rasmiy kanali/Oficjalny kanał ambasady Uzbekistanu w Polsce

4K
O'zbekistonning Polshadagi Elchixonasi faoliyatiga oid / Działalność Ambasady Uzbekistanu w Polsce
+48228946230
pl.consulate@mfa.uz
Murojaat qoldirish: https://forms.gle/GgZuDKFmPRZpyZa26
@Embuzpoland_bot
taplink.cc/uzbekistanembassypl
Открыть в Telegram