Bugun 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir, davlat arbobi va insoniyat ma’naviyatining buyuk timsoli Alisher Navoiyning 585 yilligi
1441-yil 9-fevralda
Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning
nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va
falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir.
Navoiy merosi — shunchaki adabiyot emas, balki
komil inson bo‘lish sirlarini o‘rgatuvchi hayot maktabidir. Uning asarlaridagi
ezgulik, saxovat va
adolat g‘oyalari asrlar davomida o‘z qiymatini yo‘qotmay,
yosh avlod tarbiyasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
📱Telegram - 👈🏻Обуна бўлиш.
FaceBook*YoutubeInstagram*Web
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram