avatar
Bulung'ur.uz
@Bulungur_press
вчера, 09:21
🚀 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

📢 Bulung‘ur tuman hokimining navbatdagi tadbirkorlar qabuli bo‘lib o‘tadi.
🗓 12-avgust 2026-yil
🕚 Soat 09:00 da


Ushbu qabulda tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari ko‘rib chiqiladi.

📍 Manzil: Tuman Davlat xizmatlari markazi
☎️ Murojaat uchun:
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mutaxassisi
📞 +998 97 396-92-25

💼 Biznesingiz rivoji yo‘lida ochiq muloqot va amaliy yechimlar!
Barcha tadbirkorlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.


Ulaning va ulashing:
Telegram
Instagram*
YouTube •
Web-sayt • 
Facebook*
3 877
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Bulung'ur.uz
@Bulungur_press
вчера, 07:20
🏆📚 “BIZ — KITOBXON OILAMIZ!”

📖 Xabar berganimizdek, Bulung‘ur tuman Axborot-kutubxona markazida oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa an’analarini keng targ‘ib etish maqsadida “Biz — kitobxon oilamiz!” respublika tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

✨ Tanlov natijalariga ko'ra:

🥇 1-o‘rin — Navbahor MFY
👩 Mamatqulova Hafiza oilasi
🥈 2-o‘rin — Bulung‘ur MFY
👩 Turdiyeva Xursandoy oilasi
🥉 3-o‘rin — Istiqlol MFY
👩 Usmonova Maxfirat oilasiga nasib etdi.

🎉 Barcha g‘oliblarni muborakbod etamiz!

📚 Kitobxon oila — ma’rifatli jamiyat poydevori!

#BizKitobxonOilamiz #KitobxonOila #Kitobxonlik #Bulungur #Mutolaa #Kitob

Ulaning va ulashing:
Telegram
Instagram*
YouTube •
Web-sayt • 
Facebook*
2
👍 1
🔥 1
1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Bulung'ur.uz
@Bulungur_press
вчера, 05:10
📢 Murojaatingiz bormi? Keling, birgalikda yechim topamiz!

Bulung‘ur tumanida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida tuman rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish jadvali tuzilgan.

🗓 Qabul kunlari va vaqtlari yuqoridagi jadval orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin!

📞 Murojaat va qabul masalalari yuzasidan quyidagi telefon raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin: +998 55 707 00 44

📍 Manzil: Bulung‘ur tumani Xalq qabulxonasi binosi.

🤝 Sizning murojaatingiz biz uchun muhim. Birgalikda muammolarga yechim topamiz!

Ulaning va ulashing:
Telegram
Instagram*
YouTube •
Web-sayt • 
Facebook*
1 5 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Bulung'ur.uz
@Bulungur_press
10.08.2026 12:59
Har bir murojaat – e’tibor markazida

Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda har bir murojaatga qonuniy va adolatli yechim topish — davlat boshqaruvida muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Bulung‘ur tumanida ham aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tumanda an'anaga aylangan dushanba kungi fuqarolar qabuli bugun ham bo'lib o'tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shaxsan tinglab, har bir masalani atroflicha o'rganib chiqdi. Ta'kidlash joizki, qabul jarayonida nafaqat mahalliy fuqarolar, balki xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning murojaatlariga ham alohida e'tibor qaratildi.

Ko'rib chiqilgan har bir murojaat yuzasidan mas'ul rahbar va mutasaddilarga aniq va lo'nda topshiriqlar berildi, ularning bajarilish muddatlari qat'iy belgilab qo'yildi. Murojaatlarning qonun asosida, o'z vaqtida hal etilishi ustidan nazorat o'rnatildi.

Ulaning va ulashing:
Telegram
Instagram*
YouTube •
Web-sayt • 
Facebook*
3 2.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Bulung'ur.uz
@Bulungur_press
10.08.2026 11:57


Kadastrdagi o'zgarishlar haqida odamlar qanday fikrda?

Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida amalga oshirilgan xatlov jarayonlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimizning uy-joylariga bo‘lgan huquqlari e’tirof etilmoqda.

Ushbu video lavhada aynan shu jarayonlardan o‘tgan fuqarolarimizning samimiy fikrlari, quvonchi va minnatdorligi aks etgan.

Bugungi kunda millionlab obyektlar xatlovdan o‘tkazilib, bu jarayon izchil davom etmoqda .

Batafsil videoda

Ulaning va ulashing:
Telegram
Instagram*
YouTube •
Web-sayt • 
Facebook*
3
11 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Bulung'ur.uz
@Bulungur_press
10.08.2026 06:42
Hududingizda joylashgan bino va inshоotlarni e-auksion.uz platformasi orqali xarid qilishingiz mumkin.

Manzil: Samarqand viloyati, Bulung'ur tumani, Istiqlol MFY, Oqtepa ko‘chasi, 1-uy

Boshlang'ich narxi:
5 236 085 447.00 so'm
Yer maydoni: 0,26 ga
Bino egallagan maydon: 900 kv. metr

✅ Batafsil
: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24768569

⭕️ Izoh: Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!

🎞 e-auksion.uz video

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)

👇 Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube
3
4 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Bulung'ur.uz
@Bulungur_press
10.08.2026 05:57
🏆 “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida Bulung‘ur yoshlari munosib natija qayd etdi

“Tashkent City”dagi “Humo Arena” majmuasida Prezident sovrini uchun ilk bor o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 124 ming nafardan ziyod yosh ishtirok etdi. 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan 120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.

🌟 Bulung‘ur tumani o‘quvchilari ham respublika bosqichida munosib natijalarni qo‘lga kiritdi:
🥈 Elektromontyor yo‘nalishida Bulung‘ur tumani 1-son texnikumi o‘quvchilari Fayzullayev Azizbek va Norquziyev Saidumar2-o‘rin;
🥉 Kompyuter grafikasi yo‘nalishida Bulung‘ur tumani 2-son texnikumi o‘quvchisi Habibullayev Fazlidin3-o‘rin.
🏅 G‘olib o‘quvchilar hamda ularni tayyorlagan ustozlar medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
👏 Bulung‘urlik yoshlarimizni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ulaning va ulashing:
Telegram
Instagram*
YouTube •
Web-sayt • 
Facebook*
1
👍 1
2 11 4.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Bulung'ur.uz

11.9K
Bulung'ur tumani hokimligining telegramdagi yagona rasmiy kanali

Murojaatlar uchun: @BULUNGUR_TUMANI_MUROJAAT_bot

Muhokama uchun: @Bulungur_press_chat

Admin bilan aloqa uchun: @Bulungur_aloqa_bot
Открыть в Telegram