Har bir murojaat – e’tibor markazida
Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda har bir murojaatga qonuniy va adolatli yechim topish — davlat boshqaruvida muhim ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
Bulung‘ur tumanida ham aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumanda an'anaga aylangan dushanba kungi fuqarolar qabuli bugun ham bo'lib o'tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini shaxsan tinglab, har bir masalani atroflicha o'rganib chiqdi. Ta'kidlash joizki, qabul jarayonida nafaqat mahalliy fuqarolar, balki xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning murojaatlariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Ko'rib chiqilgan har bir murojaat yuzasidan mas'ul rahbar va mutasaddilarga aniq va lo'nda topshiriqlar berildi, ularning bajarilish muddatlari qat'iy belgilab qo'yildi. Murojaatlarning qonun asosida, o'z vaqtida hal etilishi ustidan nazorat o'rnatildi.
Ulaning va ulashing:
Telegram •Instagram*•YouTube •Web-sayt • Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram