🏆
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida Bulung‘ur yoshlari munosib natija qayd etdi
“Tashkent City”dagi “Humo Arena” majmuasida Prezident sovrini uchun ilk bor o‘tkazilgan
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida
124 ming nafardan ziyod yosh ishtirok etdi. 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan
120 nafar ishtirokchi g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
🌟
Bulung‘ur tumani o‘quvchilari ham respublika bosqichida munosib natijalarni qo‘lga kiritdi:
🥈
Elektromontyor yo‘nalishida Bulung‘ur tumani 1-son texnikumi o‘quvchilari
Fayzullayev Azizbek va
Norquziyev Saidumar —
2-o‘rin;
🥉
Kompyuter grafikasi yo‘nalishida Bulung‘ur tumani 2-son texnikumi o‘quvchisi
Habibullayev Fazlidin —
3-o‘rin.
🏅 G‘olib o‘quvchilar hamda ularni tayyorlagan ustozlar
medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
👏
Bulung‘urlik yoshlarimizni ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlarida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ulaning va ulashing:
Telegram •Instagram*•YouTube •Web-sayt • Facebook*
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram