avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
05.08.2026 09:10
Jizzaxda “Salohiyatli kadrlar zaxirasi”ga saralash boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–95-son Farmoni ijrosi doirasida Jizzax viloyatida “Salohiyatli kadrlar zaxirasi”ni shakllantirish bo‘yicha navbatdagi saralash bosqichi o‘tkazilmoqda.

Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan tuman va shahar hokimliklari tavsiyasi asosida shakllantirilgan 200 nafardan ortiq nomzod test sinovlarida ishtirok etmoqda. Testlar orqali nomzodlarning bilim darajasi, mantiqiy va tahliliy fikrlashi, davlat boshqaruvi hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga oid kompetensiyalari baholanmoqda.

Farmonga muvofiq, mahallalarda samarali faoliyat yuritayotgan va yuqori natijalarga erishgan mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, ijtimoiy xodimlar hamda soliq inspektorlari orasidan 1 000 nafar “Salohiyatli kadrlar zaxirasi” shakllantiriladi.

Saralashning navbatdagi bosqichi — suhbat jarayonida nomzodlarning kasbiy kompetensiyalari, liderlik salohiyati, boshqaruv ko‘nikmalari va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati baholanadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng munosib nomzodlar “Salohiyatli kadrlar zaxirasi”ga kiritilib, kelgusida davlat fuqarolik xizmatidagi rahbarlik lavozimlariga tavsiya etiladi.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|Aloqa
28 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram