avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
02.08.2026 04:42
Islohotlar shtabi: Namanganda muammolar o‘rganilmoqda, yechimlar ishlab chiqilmoqda

Namanganda Islohotlar shtabi tomonidan infratuzilmani yaxshilash, elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish orqali iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholi bandligini ta’minlash va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda.

Xususan, Namangan shahridagi muzlatgich xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Ezoz Broller” MChJ, “Afrikanskiy som” balig‘ini yetishtirish “Namangan Agro Fish Trade” MChJ, temir va yog‘och mahsulotlariga ishlov berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “BMJ” MChJ, oyna kesish xizmatlarini ko‘rsatuvchi YATT, Uchqo‘rg‘on tumanida gidroponika usulida qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Xusainov Faxriddinning faoliyati bilan tanishildi.

Ishchi guruhi o‘rganishlari natijasi bo‘yicha hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta‘minlash, hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari uchun mavjud ehtiyoj asosida  malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar tayyorlanadi.

Ishchi guruhi o‘rganishlari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
26 5.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

69.5K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi

Facebook*: https://www.facebook*.com/BSA.pressa/

Instagram*: https://www.instagram*.com/bsa.uz/

Youtube: https://www.youtube.com/@%D0%91%D0%BE%D1%88%D2%9B%D0%B0%D1%80
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram