Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Iqtisodiyotimiz jadal rivojlanayotgani, so‘nggi yillarda
sanoat tarmoqlarida 3 ming turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.
Bundan 9-10 yil ilgari
O‘zbekiston kimyo mahsulotlarining katta qismini mineral o‘g‘it tashkil qilardi.
O‘tgan davrda sohaga
8 milliard 300 million dollarlik investitsiyalar kirib keldi,
87 ta yirik quvvatlar ishga tushdi.
PVX, “yashil” vodorod, ko‘pikli polipropilen, BOPP plyonka kabi 60 dan ziyod turdagi yangi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Bu orqali iqtisodiyot tarmoqlarida
minglab yangi turdagi mahsulotlar chiqarish uchun zarur xomashyo bazasi yaratildi.
Sohada
eksport 3 karra o‘sdi, ishchilar soni 50 mingdan oshdi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram