avatar
Boshqaruv samaradorligi agentligi
@BSA_uz
02.06.2026 05:06
Davlat boshqaruvi sohasi mutaxassislari uchun magistratura dasturlariga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida yo‘lga qo‘yilgan davlat boshqaruvi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kechki va masofaviy shakldagi ikki yillik magistratura dasturlariga qabul qilingan tinglovchilar uchun o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda so'zga chiqqan mas'ullar tomonidan zamonaviy davlat boshqaruvi tizimi yuqori malakali, strategik fikrlaydigan va o‘z bilim hamda kompetensiyalarini muntazam ravishda boyitib boradigan kadrlarni talab etishi ta’kidlandi.

Magistratura dasturlari zamonaviy davlat boshqaruvi, strategik rejalashtirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, inson kapitalini boshqarish va rahbarlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur dasturlar davlat boshqaruvi sohasida tahliliy fikrlaydigan, dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega, o‘zgarishlarni samarali boshqara oladigan va mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish salohiyatiga ega rahbar kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, tasdiqlangan davlat buyurtmasi doirasida va toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oladigan tinglovchilar kontingenti Boshqaruv samaradorligi agentligi, Akademiyadavlat organlari va tashkilotlari hamda buyurtmachi tashkilotlar hamkorligida shakllantiriladi.


Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook*|Instagram*|You Tube|X|in|Aloqa
25 4.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Boshqaruv samaradorligi agentligi

65.9K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sahifasi
Открыть в Telegram