O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining
“Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni (PF–98-son, 26.05.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra,
2026-yil 1-sentyabrdan Davlat budjeti hisobidan tayanch doktorantura va doktorantura (doktorantura)da kadrlar tayyorlashda:
doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar (ustuvor ilmiy ixtisosliklar)ga ajratiladi;
differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya to‘lanadi;
ustuvor ixtisosliklarga qabul qilinganlarga tadqiqot ishida zarur asbob-uskunalar xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ doktorant tahsil olayotgan tashkilotga yo‘naltiriladi;
tayanch doktorantura bosqichining 1-o‘quv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va ma’lumotlar tahlili kabi fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Farmonga ko‘ra, ilmiy darajalar berishda
2027-yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar bekor qilinadi:
▫️ chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;
▫️ Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiya mavzularini ro‘yxatdan o‘tkazish va dissertatsiya himoyasi to‘g‘risida e’lon berish;
▫️ dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o‘tkazish;
▫️ ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilish;
▫️ dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
▫️ dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida xulosa olish;
▫️ OAK fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan o‘tkazish;
▫️ himoya qilingan dissertatsiya bo‘yicha ilmiy kengash qarorini OAK tomonidan tasdiqlash;
▫️ ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish.
2027-yil 1-yanvardan ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|
Telegram|
Facebook*|
Instagram*|
You Tube|
X|
in|
Aloqa
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram