ZARMED Universiteti talabalari Imom al-Buxoriy majmuasiga tashrif buyurishdi
Ushbu tashrif nafaqat maroqli dam olish, balki talabalarning ma’naviy-ruhiy boyish hamda tarixiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tashrif davomida talabalar buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Buyuk muhaddisning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, musulmon olamidagi yuksak obro‘si hamda boy ilmiy merosi haqida ustozlar tomonidan maʼlumot berildi.
Mazkur ziyorat talabalarda tarixiy merosga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ma’naviy qadriyatlarga e’tiborni kuchaytirish hamda ilm olishga bo‘lgan intilishni yanada oshirishga xizmat qildi. ZARMED Universitetida yoshlarning nafaqat kasbiy, balki ma’naviy kamolotiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
На русском языке
See in English
@zarmeduni | 55-704-70-70
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram