Tibbiyot va bioinjeneriya instituti talabalari diqqatiga
ZARMED Universitetida Tibbiyot va bioinjeneriya instituti talabalari uchun
kampuslararo fan olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Fundamental fanlar:
• Odam anatomiyasi
• Fiziologiya
• Patologik fiziologiya
• Patologik anatomiya
• Tibbiy biologiya
• Gistologiya, patologiya va embriologiya
• Tibbiy kimyo
• Farmakologiya va farmatsiya
Klinik fan:
• Restavratsion stomatologiya
Olimpiada fundamental va klinik fanlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Unda talabalar
yozma-og‘zaki savol-javob, situatsion masala va amaliy ko‘nikmalar asosida ishtirok etadilar.
Ikkinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan 9 nafar talaba 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan
“ZARMED-2026” II Xalqaro tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari olimpiadasida universitet sharafini himoya qiladi.
📍 I bosqich — 28-mart, Samarqand va Buxoro kampuslarida
📍 II bosqich — 4-aprel, Samarqand va Buxoro kampuslarida o‘tkaziladi
Olimpiadada ishtirok etish uchun tegishli kafedra mudirlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
На русском языке
See in English
@zarmeduni | 55-704-70-70
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram