#hemis
❗️HEMIS tizimida QR-kod orqali davomat qilish imkoniyati yaratildi
Endilikda dars jarayonida talabalar davomatini belgilash yanada
tez va qulay bo‘ldi. HEMIS tizimiga
QR-kod orqali avtomatik davomat qilish funksiyasi qo‘shildi.
Bu qanday amalga oshiriladi:
1️⃣
Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasida:
QR davomat ustunidagi maxsus belgi ustiga bosiladi.
2️⃣
QR davomat sahifasida:
QR-kod talabalarga ko‘rinarli holatda ekranda katta qilib ochiladi.
3️⃣
Talabalar tomonidan:
Mobil telefonlari orqali HEMIS mobil ilovasidan foydalangan holda ekrandagi QR-kod o‘qitiladi.
4️⃣
Tizim tomonidan:
QR-kodni o‘qitgan talabalar avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va “kelganlar” soniga qo‘shiladi. Ro‘yxatda faqat kelmagan talabalar qoladi.
5️⃣
Yakunlash bosqichida:
Auditoriyadagi barcha talabalar QR-kodni o‘qitib bo‘lgach, o‘qituvchi dars mavzusini tanlaydi va kelmagan talabalar davomatini saqlaydi.
❕
Muhim eslatma!
Talabalar bir-biriga rasm yubormasligi uchun QR-kod har
8 soniyada yangilanadi.
Ma’ruza mashg‘ulotlarida ro‘yxatda butun potokdagi barcha talabalar ko‘rsatiladi.
QR-davomat bilan bir qatorda
an’anaviy (qo‘lda belgilash) davomat funksiyasi ham o‘z kuchida qoladi.
Bizni kuzatin
g
Facebook* | Instagram* |
YouTube | Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram