Bir orzu ortidan yuzlab yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat
Qo‘shko‘pirlik Sarvinoz Alisherovna tashabbusi bilan tashkil etilgan “Double Bridge” o‘quv markazi bugun hudud yoshlari uchun sifatli ta’lim maskaniga aylandi. Bu yerda har bir o‘quvchi zamonaviy bilim olish va o‘z kelajagini shakllantirish uchun zarur sharoitlarni topa oladi.
“Ko‘mak” loyihasi doirasida ajratilgan ssuda mazkur markazning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini tizimlashtirishga xizmat qildi. Ushbu muvaffaqiyatli namuna chekka hududlarda ham to‘g‘ri yondashuv va qo‘llab-quvvatlash orqali yuqori natijalarga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram