“Tashabbuslar marafoni” start olmoqda!
“Yoshlar oyligi” doirasida barchamiz orziqib kutgan
“Tashabbuslar marafoni” o‘zining ilk qadamini qadimiy va navqiron
Xorazm zaminidan boshlaydi!
3-iyun kuni eng shijoatli, intiluvchan va kreativ yigit-qizlarni bitta ulkan maydonga chorlaymiz.
Bu yerda siz
tadbirkorlik, sun’iy intellekt, kitobxonlik, volontyorlik, xorijiy tillar hamda
startap loyihalar atrofida birlashgan yoshlar qatorida bo‘lasiz. Yangi g‘oyangiz bor-u, unga kuchli jamoa va tajribali mutaxassislardan maslahat izlayotgan bo‘lsangiz — bu ayni siz kutgan imkoniyat!
Marafon nafaqat Xorazmda, balki butun respublikamizning so‘lim maskanlari va diqqatga sazovor joylarida bo‘lib o‘tadi.
Hududlardagi o‘tkazilish manzillari bilan tanishing:
1. Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahri, “Do‘stlik” hiyoboni;
2. Andijon v, Andijon shahri, Yoshlar eko bog‘i;
3. Buxoro v, Buxoro shahridagi Somoniylar istirohat bog‘i;
4. Jizzax v, Jizzax shahri, Yoshlar sayilgohi;
5. Qashqadaryo v, Qarshi shahri, “A.Navoiy” istirohat bog‘i;
6. Navoiy v, A.Navoiy istirohat bog’i;
7. Namangan v, Davlatobod tumani, Yangi O‘zbekiston bog‘i;
8. Samarqand v, Samarqand shahri, Yoshlar hiyoboni;
9. Sirdaryo v, Guliston shahri, “Bilimdonlar maskani”;
10. Surxondaryo v, Termiz shahri, San‘at saroyi;
11. Toshkent v, Chirchiq shahri, “O‘rmon bog‘i” hududi;
12. Farg‘ona viloyati — Farg‘ona shahri, “San'at saroyi” hiyoboni
13. Xorazm v, Xiva shahri, Lokomativ istirohat bog‘i;
14. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “G‘.G‘ulom” istirohat bog‘i.
Katta harakatni
Xorazmdan boshlaymiz! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va
hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
yoshlar.gov.uz
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram