#MicrosoftOfficeSpecialist #AdobeCertifiedProfessional
O‘zbekiston yoshlari Microsoft va Adobe bo‘yicha jahon chempionatida!
Ayni kunlarda AQShning Kaliforniya shtatida “Microsoft Office Specialist” hamda “Adobe Certified Professional” xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Unda milliy chempionatda g‘olib bo‘lgan iqtidorli yoshlarimiz yurtimiz sharafini himoya qilyapti.
Mazkur nufuzli musobaqada 100 dan ortiq davlatdan kelgan yoshlar Microsoft (Word, Excel, PowerPoint) va Adobe (Photoshop, Illustrator, InDesign) dasturlari bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda.
Shuningdek, safar doirasida o‘tkaziladigan “2026 Global Partner Summit” xalqaro sammiti vakillarimizga qator imkoniyatlarni taqdim etadi:
dunyoning eng kuchli raqamli mutaxassislari bilan bellashish;
global texnologik kompaniyalar ekspertlari bilan tajriba almashish;
mamlakatimizda xalqaro professional sertifikatlash tizimini yanada rivojlantirish.

Jamoamizga ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram*
Facebook* You tube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram