#YoshlarIttifoqi #FaolYoshlar
Toshkent gumanitar fanlar universitetida faol talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent gumanitar fanlar universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Fayzullayevich Sattarov ishtirokida faol talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalarida yoshlar siyosatini yanada rivojlantirish, talabalar faolligini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar ishtirokida amalga oshirilayotgan “Suvni birgalikda asraymiz” ekologik loyihasi, milliy qadriyatlarni zamonaviy ruhda targ‘ib etuvchi “Milliy fashion show”, hamda ochiq muloqot va fikrlar almashinuvi maydoni bo‘lgan “Milliy dialog” tashabbuslarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan universitet kutubxonasiga 200 dona kitoblar sovg‘a qilindi. Shuningdek, faol talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlashda innovasion yondashuvlarni joriy etish ustuvor vazifa etib bel
gilandi.
Fotosuratlar
Bizning sahifalarimiz:
⃣
Telegram ⃣
Instagram*
Facebook* You tube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram