#Eʼlon #Tanlov
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan
barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
📋 Tanlov nizomi
Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola
yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
Ijodiy ishlar
100 qatordan oshmagan,
qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda
ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.
📅 Ijodiy ishlar
2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan
Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning
@insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin –
25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin –
10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin –
5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin –
2 million so‘mdan.
Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:
Instagram* | YouTube |
Telegram
Обсуждение 56
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram