O‘zbekiston yoshlar siyosati xalqaro maydonda
Davlatimiz rahbari tomonidan xorijiy oliygohlar hamkorligida
40 ming nafar yoshni biznesga o‘rgatuvchi “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini amalga oshirish vazifasi belgilangan edi.
Ayni shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi delegatsiya
AQShning Nyu-York shahrida qator samarali uchrashuvlar o‘tkazmoqda:
1. “Cornell Tech”: Dastur rahbari
Fernando Gomez-Bakero bilan uchrashuvda PhD olimlarni startap asoschilariga aylantiruvchi
“Runway” dasturini yurtimizda
“UzCombinator” loyihasi orqali joriy etishga va mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif qilishga kelishildi.
2. NYU tadbirkorlik instituti vakili
Kit Mauppa va
Rebekka Gard Silver bilan institutning startap ekotizimi o‘rganilib, maxsus platformalar va
“Yoshlar Ventures” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.
3. “Founder Institute”: Tashkilot vakili
Reid Hamilton bilan o‘zbekistonlik iqtidorli founderlarni ushbu nufuzli tashkilotning 14 haftalik global dasturiga jalb etish va ularni xalqaro investitsiyalarga olib chiqish muhokama qilindi.
4. “Endeavor” tarmog‘i direktori
Evan Bullington bilan yosh startapchilarimiz loyihalarini global tarmoqqa integratsiya qilish hamda xalqaro bozorga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
5. BMT Yoshlar ofisi rahbari
Felipe Paulliyer bilan muloqotda yoshlarimizning BMTdagi stajirovkasi, mintaqaviy suv muammolari hamda yoshlar ruhiy salomatligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlash belgilandi.
#NyuYork #ECOSOC
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram