avatar
Yoshlar TV | Rasmiy kanal
@yoshlar_tv
14.04.2026 21:30
Javohir Sindarov Jahon toji uchun kurashadi!

Kiprda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Nomzodlar turniri”da hamyurtimiz, iqtidorli yosh grossmeyster Javohir Sindarov muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritib, barchamizni xushnud etdi.

Hal qiluvchi uchrashuvda u eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan Anish Giri bilan durang o‘ynadi va shaxmat bo‘yicha jahon toji uchun kuch sinashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Endi yosh va umidli shaxmatchimiz joriy yilning oxirida amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukeshga qarshi dona suradi.

Javohir Sindarovni ushbu yuksak natija bilan chin dildan muborakbod etamiz va Jahon toji yo‘lidagi hal qiluvchi bahslarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
8
👏 5
👍 3
🔥 1
1 2.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar TV | Rasmiy kanal

15.5K
"Yoshlar" telekanalining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Takliflar uchun @yoshlartelekanalibot
YouTube: https://www.youtube.com/@Yoshlartelekanali
Facebook*: https://www.facebook*.com/YoshlarTV
Instagram*: instagram*.com/yoshlar_tv
Veb-sayt: www.yoshlartv.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram