Yurtimiz aholisi
38 milliondan oshdi,
urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetib,
qariyb 20 million odam shaharlarda yashamoqda.
– Bir narsani yaxshi tushunish zarur: agar urbanizatsiya darajasi 1 foizga oshsa, iqtisodiyot ham kamida 1 foizga ko‘payadi, investitsiya oqimi, biznes va startaplar, mehnat unumdorligi karrasiga o‘sadi. Buning uchun respublikada urbanizatsiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha yagona yondashuv bo‘lishi kerak,
– dedi Prezidentimiz.
Bosh rejalarni ishlab chiqish uchun budjetdan
yiliga 200-250 milliard so‘m berilmoqda. Bu mablag‘lar
bosh rejasi bo‘lmagan yoki eskirgan hududlarga sarflanishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Kichik shahar va shaharchalarda ham katta loyiha qilaman degan tadbirkorlar borligi,
shaharsozlik hujjati yo‘qligi uchun ularning ishi to‘xtab turgani qayd etildi.
O‘zi mablag‘ tikib, tezroq bosh reja ishlab chiqilishidan manfaatdor tadbirkorlar ham ko‘p.
Viloyat hokimlari, Urbanizatsiya qo‘mitasiga joriy yilda
budjet mablag‘i hisobidan 6 ta shahar, 44 ta shaharcha bo‘yicha bosh reja, yana 104 ta qishloq bo‘yicha master rejani oxiriga yetkazish, bunga qo‘shimcha
tashabbuskor biznes vakillari bilan yana 50 ta aholi punkti bo‘yicha shaharsozlik hujjatini ishlab chiqishni boshlash topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram