Xorazmda 5 kun va mediaga yangicha qarash
Joriy hafta davomida Xorazmda Yoshlar markazi zallari oddiy trening joyi emas, balki fikrlar to‘qnashgan, g‘oyalar tug‘ilgan va kontent real vaqtda yaratilgan jonli maydonga aylandi.
Kimdir birinchi marta kamerani qo‘lga oldi, kimdir o‘z kontentiga boshqacha ko‘z bilan qarashni o‘rgandi, yana kimdir esa auditoriya bilan gaplashish uslubini butunlay o‘zgartirdi. Eng muhimi — ishtirokchilar ishlaydigan media instrumentlar bilan qaytdi.
Mediahaftalik shunchaki o‘quv emas, media muhitda qanday fikrlash va qanday ishlash kerakligini his qildirgan jarayonga aylandi. Bu yerda kontent yaratish – faqat vazifa emas, balki mas’uliyat va ta’sir ekani yana bir bor anglashildi.
Ma’lumot o‘rnida, kelasi haftada “Media haftalik” mayog‘i Surxondaryo viloyatiga yo‘l oladi.
Telegram |
Instagram*
Facebook* |
You tube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram