avatar
Yoshlar TV | Rasmiy kanal
07.04.2026 18:45
Yig‘ilishda joylarda 39 ta ochiq va yopiq sport inshooti ta’mirtalab bo‘lgani bois, to‘liq foydalanilmay turgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bu joylarni zamonaviy sport majmualariga aylantirish uchun qulay shartlarda xususiy sheriklikka berish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Bugun 100 mingdan ortiq yoshlar olimpiya o‘yiniga kirmagan sport turlari bilan doimiy shug‘ullanyapti. Ular dzyudo, sport kurashlari, taekvondo, qilichbozlik, og‘ir atletika kabi olimpiya sport turlari uchun tayyor zaxira ekani ta’kidlandi.

Sport vazirligi va hokimlarga sport maktablarida yoshlar qiziqadigan noolimpiya sport turlari bo‘yicha ham seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston noolimpiya sport turlari konfederatsiyasini tashkil qilish taklifi ma’qullandi.

“Shu o‘rinda yana bir masalaga to‘xtalmoqchiman: o‘tgan hafta yangi qonunni qabul qilib, har bir vazir, federatsiya rahbari, hokimni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mas’uliyati, majburiyati va javobgarligini aniq belgilab qo‘ydik. Bundan buyon ushbu rahbarlardan talab ham, so‘rov ham shunga yarasha bo‘ladi!,

– dedi Prezidentimiz.

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari soha rahbarlari va hokimlarning hisobotlarini tingladi, tadbirkor va sportchilar bilan muloqot qildi.

Facebook*|
Instagram*|X
3
🔥 1
1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar TV | Rasmiy kanal

15.5K
"Yoshlar" telekanalining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Takliflar uchun @yoshlartelekanalibot
YouTube: https://www.youtube.com/@Yoshlartelekanali
Facebook*: https://www.facebook*.com/YoshlarTV
Instagram*: instagram*.com/yoshlar_tv
Veb-sayt: www.yoshlartv.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram