“Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida
aholini sportga jalb qilish va seleksiya bo‘yicha yangicha yondashuv joriy qilinadi.
Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar o‘rtasida
uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi
maktab, texnikum va boshqa sport obyektlarida darsdan tashqari vaqtda sport to‘garaklari tashkil qilish uchun sharoit yaratadi.
Mutasaddilarga
9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga bog‘lab, maktablardagi to‘garaklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlash topshirildi.
Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini
dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuborish muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga
avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi.
Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi.
Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi.
Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga
diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram