Sportchilarni
jarohatdan tiklash ishlari va mushak holati bo‘yicha tekshiruvlar asosan xorijda o‘tkazilyapti. Federatsiyalar
sport shifokori, farmakolog va dietologlarni yuqori maosh to‘lab, chetdan olib kelishga majbur bo‘lmoqda.
Sportchilardagi
suyak sinishi, pay uzilishi kabi jarohatlar bo‘yicha zamonaviy protokollar o‘zimizda joriy etilmayotgani,
Travmatologiya, Kardiologiya, Terapiya markazlari federatsiyalar bilan hamkorlik qilmasligi bo‘yicha e’tiroz bildirildi.
Endilikda
har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi. Har oyda
terma jamoa a’zolarining sog‘lig‘ini diagnostika qiladi, jarohat olish xavfini baholaydi. Sportchining
jismoniy yuklamasini ilmiy tahlil qilib, murabbiylarga tibbiy tavsiyalar beradi.
Yangi o‘quv yilidan
Toshkent tibbiyot universitetida sport dietologi, fiziologiya, psixologiya bo‘yicha, Farmatsevtika institutida sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash boshlanadi. Olimpiya shaharchasidagi
Sport tibbiyoti ilmiy markazi talabalar uchun amaliyot bazasiga aylanadi.
Shuningdek, mutasaddilarga
sport mahsulotlarini mahalliylashtirish dasturini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram