Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”,
– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.
So‘nggi to‘qqiz yilda
1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda
200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi.
Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi,
olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi.
Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda
452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning
50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.
Facebook*|Instagram*|X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram