avatar
Yosh fermerlar
@yoshfermer
сегодня, 12:04
MKBANK va Agrobank chorvachilik loyihalari uchun 10 yilgacha muddatga 20 mlrd so‘mgacha 10 foizli kredit ajratishni boshladi

Chorvachilik sohasida yangi loyiha boshlash yoki mavjud biznesni kengaytirishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun MKBANK va Agrobankda imtiyozli kredit imkoniyatlari mavjud. Har ikki bankda ham moliyalashtirish miqdori loyiha yo‘nalishiga qarab 20 mlrd so‘mgacha yetadi.

🏦 MKBANKning “Chorva” kredit moduli orqali chorvachilik majmualarini tashkil etish va nasldor qoramol xarid qilish uchun 5 mlrd so‘mgacha, naslli buqalar urug‘ini yetishtirish korxonalarini tashkil etish uchun esa 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi.

Kredit yillik 10 foiz stavkada, 10 yilgacha muddatga beriladi va 48 oygacha imtiyozli davr taqdim etiladi.
MKBANK krediti haqida batafsil ma’lumot


🏦 Agrobankning chorvachilik loyihalari uchun krediti doirasida chorvachilik majmualarini tashkil etish hamda nasldor yirik va mayda shoxli qoramollarni sotib olish uchun 5 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Naslli buqalar urug‘ini yetishtiruvchi tadbirkorlik sub’yektlariga qurilish, asbob-uskunalar va naslli qoramollar xaridi uchun esa 20 mlrd so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud.

Kredit yillik 10 foiz stavkada, 120 oygacha muddatga va 48 oygacha imtiyozli davr bilan ajratiladi. To‘lovlarni annuitet yoki differensial grafik asosida amalga oshirish mumkin. Kredit yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik sub’yektlari uchun mo‘ljallangan.
Agrobank krediti haqida batafsil ma’lumot


Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
👏 3
2
2 4 144

Обсуждение 2

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yosh fermerlar

5.5K
O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi

Web: http://yoshfermer.uz
Facebook*: https://www.facebook*.com/yoshfermer
Instagram*: https://www.instagram*.com/yosh_fermerlar?igsh=MWh6a2hzY2
Youtube: https://youtube.com/@yoshfermer5215
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram