avatar
Yosh fermerlar
@yoshfermer
11.08.2026 05:34
Bitta sigir yiliga 10 ming litrdan ortiq sut berishi mumkin

Ana shunday rekordchi zotlardan biri — Golshtin qoramolidir.

Dunyoda eng ko‘p sut beradigan qoramol zotlaridan biri — Golshtin hisoblanadi. Bu zot Niderlandiyada shakllanib, keyinchalik AQSh va Kanadada yuqori mahsuldorlik yo‘nalishida takomillashtirilgan.

Yaxshi parvarish va to‘g‘ri oziqlantirish sharoitida bitta Golshtin sigiri bir laktatsiya davrida o‘rtacha 8–12 ming litr, ayrim yuqori mahsuldor podalarda esa 15 ming litrdan ortiq sut berishi mumkin.


Sutining yog‘lilik darajasi odatda 3,5–3,8 foiz, oqsil miqdori esa 3,0–3,3 foiz atrofida bo‘ladi. Voyaga yetgan sigirlar 600–700 kg, buqalari esa 900–1200 kg vaznga yetadi.

O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi hamkorligida tayyorlandi.

Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
👍 3
👏 3
1
🔥 1
1 346

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yosh fermerlar

5.5K
O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashining Telegramdagi rasmiy sahifasi

Web: http://yoshfermer.uz
Facebook*: https://www.facebook*.com/yoshfermer
Instagram*: https://www.instagram*.com/yosh_fermerlar?igsh=MWh6a2hzY2
Youtube: https://youtube.com/@yoshfermer5215
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram