2-SAVOL: Ariza bo'limidagi "Rasmiy faoliyat hujjati" so'roviga qanday hujjat joylanadi?
JAVOB: Bu qismga qishloq xo'jaligi sohasida rasmiy faoliyat yuritayotganligingizni tasdiqlovchi hujjatni yuklashingiz kerak bo‘ladi.
Misol uchun: Fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, MChJ yoki shu kabi tashkiliy-huquqiy faoliyat shakllari orqali qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat yoki guvohnoma yuklanadi.
Agar siz rasmiy faoliyat yuritmasangiz, lekin uy sharoitida qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullansangiz — "Soliq" mobil ilovasi yoki
my.gov.uz portali orqali
“O'zini o'zi band qilish” bo'limidan ro‘yxatdan o‘tib, ma'lumotnomani yuklashingiz kerak bo‘ladi.
Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram