avatar
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
@ykfoundation
13.04.2026 06:49
Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 11 ta medalga sazovor bo‘ldi

Qirg‘iz Respublikasida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib ishtirok etib, umumiy hisobda 11 ta medalni qo‘lga kiritdi.


Erkin kurash bahslarida -65 kg. vazn toifasida Umidjon Jalolov finalga qadar yetib borib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, -92 kg.da Sherzod Poyonov va -61 kg.da G‘ulomjon Abdullayev bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ayollar kurashida ham yurtdoshlarimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi. Xususan, Sohibjamol Esbosinova, Aktenge Keunimjayeva va Ulmeken Esenbayeva bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Yunon-rum kurashi bahslarida esa O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Jamoamiz a’zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Jumladan, Alisher G‘aniyev va Ixtiyor Botirov o‘z vazn toifalarida Osiyo chempioniga aylandi. Rafael Sitsuashvili kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Shahzod Qo‘chqorov va Doniyorxon Nakibov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Instagram*
Facebook* Sayt
🔥 16
14
🤩 12
💯 12
🎉 7
👍 6
😍 3
2 17.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

31.1K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz

✉️ yoshlarkelajagimiz1@gmail.com" target="_blank" rel="external nofollow">https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012
Открыть в Telegram