avatar
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi
@ykfoundation
13.04.2026 04:39
⚡️Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalardan taʼlimning keyingi bosqichida xorijiy til sertifikati so‘ralmaydi

Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmoni qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra:

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

Davlat OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan grant kvotalarining toʻlmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutuvchi “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” dasturi amalga oshiriladi.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi.

Shuningdek, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
Telegram Instagram*
Facebook* Sayt
14
🔥 14
🎉 11
💯 11
👍 9
😍 9
🤩 7
2 18.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi

31.1K
“Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi | Kelajakni birga yaratamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
https://myurls.co/yoshlar_kelajagimiz

✉️ yoshlarkelajagimiz1@gmail.com" target="_blank" rel="external nofollow">https://yoshlarkelajagimiz1@gmail.com
☏ +998712074012
Открыть в Telegram