24.12.2025 11:27
O‘zbekistonda firibgarlar tomonidan Telegram-soxta profillarini yaratish holatlari ko‘paydi. Ular ochiq guruhlardagi rasmlar, ismlar va loginlardan nusxa ko‘chirib, boshqa ishtirokchilarga qarz so‘rab xat yozyapti. Xabarni tanishingiz yozganga o‘xshaydi, lekin aslida sizga soxta profildan yozishadi.

Pul o‘tkazishdan oldin cheklistga amal qiling:
— tanishingiz bilan boshqa aloqa kanali orqali bog‘laning;
— username’ni diqqat bilan tekshiring — firibgarlar bitta harfini o‘zgartirib qo‘yadi;
— ushbu profil bilan avvalgi yozishmalaringiz bor-yo‘qligini ko‘rib chiqing;
— profilning ro‘yxatdan o‘tish sanasiga e’tibor bering — yangi akkaunt feyk bo‘lishi mumkin;
— notanish odamlarning bank kartalariga pul o‘tkazmang.

Muhim
Tanishingiz bilan gaplashayotganingizga ishonch hosil qilmaguncha pul masalasida kelishuvlar tuzmang. Buni oldindan tekshirib oling, aks holda firibgarlar qurboniga aylanib qolishingiz mumkin.

Pulni o‘tkazgan bo‘lsangiz:
- bankka yozing va vaziyatni qayd eting;
- huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish uchun yozishmalar va pul o‘tkazmasi haqidagi ma’lumotlarini saqlab qo‘ying.

Pul o‘tkazishdan oldin tekshirishlari uchun yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying.
👍 3
2
👌 1
2.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Y

Yangi bank

6.8K
Yangi bank Tugatish komissiyasi.

Tugatish komissiyasining rasmiy sahifasi: www.yangi.uz
Открыть в Telegram