"Yangi Bank" AJni tugatish tartib-taomilining joriy holati va "Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida"gi Qonunning 64-moddasida nazarda tutilgan 3-6-navbatdagi kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga tayyorgarlikning joriy bosqichi haqida ma’lum qilamiz.
Joriy bosqichda:
- Tugatish komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi Yagona hisobraqamida qarzdorlardan kreditlar bo‘yicha kelib tushayotgan to‘lovlar hisobiga pul mablag‘lari har kuni jamlanyapti;
- Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamida 3-navbatdagi kreditorlarning majburiyatlarini qoplash uchun yetarli miqdordagi pul mablag‘lari shakllantirilgan ("Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq Omonatlarni kafolatlash agentligiga o‘tgan talablar), shuningdek, 4-navbatdagi kreditorlarning talablarini keyinchalik qoplash uchun mablag‘lar to‘planishi boshlangan ("Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kafolatlangan limitdan yuqori bo‘lgan omonatlar summasi);
- kreditorlar talablari reyestri shakllantirilyapti va tekshirilyapti;
- keyinchalik ochiq auksionda sotish uchun bank aktivlarini, shu jumladan ko‘chmas mulkni (binoni) baholash jarayoni amalga oshirilyapti;
- oraliq tugatish balansini shakllantirish uchun hujjatlar tayyorlanib, keyinchalik tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuborish ishlari olib borilyapti.
Oraliq tugatish balansini tayyorlashni yakunlash va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tasdiqlash uchun taqdim etishning rejalashtirilgan muddati – 2026-yil 3-iyungacha.
Oraliq tugatish balansi Markaziy bank tomonidan tasdiqlangach, kreditorlar talablari reyestriga hamda qonunchilikda belgilangan navbatga muvofiq qarzdorlikni qoplash ishlari va mol-mulkni sotish tartib-taomillari boshlanadi.
Asosiy bosqichlarning bo‘lib o‘tishi va to‘lovlarning boshlanishi to‘g‘risida kreditorlar rasmiy aloqa kanallari orqali qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
❤5
102 18 3.4K
Обсуждение
102
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 102
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram