To‘lov yuborildi, lekin kreditni so‘ndirish hisobiga kelib tushmadimi?
Agar to‘lov kreditni so‘ndirish hisobiga o‘tkazilmagan bo‘lsa, bu ko‘pincha uni aniqlashning imkoni bo‘lmagani bilan bog‘liq (masalan, ma’lumotlar noaniq yoki to‘liqsizligi tufayli).
Xavotir olmang, to‘lov yo‘qolib qolmaydi. Uni topish, tekshirish va zarur bo‘lganda ariza asosida yuboruvchiga qaytarib berish mumkin.
Ariza qachon topshiriladi:
— to‘lov yechib olindi, lekin kreditni so‘ndirish hisobiga o‘tkazilmadi
— to‘lov xato yuborilgan (masalan, bank o‘rniga MMTga yoki aksincha)
— to‘lovda ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki to‘liq kiritilmagan hollarda
Quyidagilarni hisobga olish kerak:
• tekshiruv siz ko‘rsatgan ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi
• ma’lumot qanchalik aniq va batafsil ko‘rsatilsa, natija shunchalik tez bo‘ladi.
• to‘lov tasdig‘ining yo‘qligi yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar arizalarni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirishi mumkin.
Ariza qayerga yuboriladi?
O‘zingiz uchun qulay usulni tanlashingiz mumkin:
📍
Shaxsan
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, А. Теmur ko‘chasi, 99-uy
📧
Elektron pochta orqali
info@yangibank.uz
📮
Pochta orqali
Кimga: "Yangi Bank" AJ tugatish komissiyasi
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, А. Теmur ko‘chasi, 99-uy
Indeks: 100084
Jarayonni osonlashtirish uchun tayyor ariza shablonlaridan foydalanishingiz mumkin👇
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram