"Yangi" tomonidan berilgan kreditlarni qanday to‘lash kerak?
Litsenziyaning chaqirib olinishi
kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni bekor qilmaydi.
To‘lov to‘g‘ri va xavf-xatarsiz hisoblanishi uchun
avval qarzingiz aynan kim tomonidan berilganini aniqlash, shundan keyingina to‘lov usulini tanlash muhim.
1. Qarz kim tomonidan berilganini aniqlab oling
Qarz shartnomasini oching va rekvizitlarda qaysi tashkilot ko‘rsatilganini qarang:
▪️ "Yangi Bank" AJ ko‘rsatilgan bo‘lsa
➡️ Qarz bank tomonidan berilgan
➡️ To‘lov
rekvizitlar bo‘yicha amalga oshiriladi (оnlayn yoki oflayn)
▪️
"Yangi Finance" MCHJ ko‘rsatilgan bo‘lsa
➡️ Qarz MMT tomonidan berilgan
➡️ To‘lov
Paynet orqali amalga oshiriladi
2. Qarz "Yangi Bank" AJ tomonidan berilgan bo‘lsa, uni qanday to‘lash kerak?
✅ 1
-variant. Оnlayn
1.
Istagan O‘zbekiston bankining ilovasiga kiring
2. "Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov"/ " Rekvizitlar bo‘yicha pul o‘tkazish"ni tanlang
3.
Tugatish komissiyasi rekvizitlarini kiriting
4.
Albatta to‘lov tafsilotlarini to‘ldiring (FIO, pasport seriyasi va raqami)
✅
2-variant. Оflayn (istalgan boshqa bankning kassasi orqali)
1. Istalgan bank kassasiga keling
2. Kassirg
a "Yangi Bank" AJda qarz to‘lashingiz kerakligini ayting
3.
Tugatish komissiyasi rekvizitlarini taqdim eting
4.
To‘lov maqsadi to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshiring
⚠️
MUHIM! To‘lov tafsilotlarini yozish shart
Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov qilishda quyidagilarni albatta
ko‘rsatib o‘ting:
• "Shartnoma bo‘yicha qarzni so‘ndirish"
• qarz raqami va sanasi
• FIO
• pasport seriyasi va raqami
❗️Bu maʼlumotlarsiz to‘lov
aniqlanmasligi mumkin.
3. "Yangi Finance" MCHJ tomonidan berilgan qarz qanday to‘lanadi?
• To‘lov
Paynet ilovasi orqali amalga oshiriladi
• Paynet ilovasida "To‘lov" → "Qarz va lombardlar" → "Yangi finance"ga o‘ting → qarz raqamini kiriting → to‘lov qiling
⚠️
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling
❌ Pulni karta raqami bo‘yicha o‘tkazmang
❌"Vositachilar" va "yordamchilar"ga ishonmang
❌ Shaxsiy xabarlardagi rekvizitlar bo‘yicha to‘lov qilmang
✅
Faqat rasmiy rekvizitlardan foydalaning
✅
Faqat rasmiy xabarlarni eʼtiborga oling
Umumiy maʼlumot
• Barcha kreditlar amal qilishda davom etadi
• Bank litsenziyasining chaqirib olinishi
kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni bekor qilmaydi
Обсуждение 174
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram