19.01.2026 18:26
“Yangi Bank” AJ bergan qarz qanday soʻndiriladi?

Bank litsenziyasining chaqirib olingani qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni bekor qilmaydi.

1-qadam. Qarz kim tomonidan berilganini aniqlash

Qarz bo‘yicha shartnomani ochib, rekvizitlarda nima yozilganiga qarang:
• agar shartnomada “Yangi Bank” AJ ko‘rsatilgan bo‘lsa, kredit bank tomonidan berilgan va uni Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamiga to‘lash kerak;
• agar shartnomada “Yangi Finance” MCHJ ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak qarz MMT tomonidan berilgan va to‘lov Paynet orqali amalga oshiriladi.
_____________

Quyidagi yo‘riqnoma faqat “Yangi Bank” AJ tomonidan berilgan kreditlarga tegishli:

2-qadam. Qayerga va qanday to‘lov qilish kerak?

1-usul (onlayn):


1. O‘zbekistondagi istalgan bankning “Rekvizitlar bo‘yicha to‘lov” / “Rekvizitlar bo‘yicha o‘tkazma” funksiyasi mavjud bo‘lgan ilovasiga kiring.

2. Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamini ko‘rsating:
2989 6000 9000 0001 4107


3. Qabul qiluvchi bankning MFO kodini ko‘rsating:
00014

4. To‘lov tafsilotlarida quyidagilarni ko‘rsating:
• “Shartnoma bo‘yicha qarz to‘lovi”;
• shartnoma raqami va sanasi;
• F.I.O.;
• pasport seriyasi va raqami.

2-usul (oflayn):

1. Istalgan bankning kassasiga boring.

2. Kassa xodimiga “Yangi Bank” AJ bergan qarzni qaytarish uchun Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqamiga to‘lov qilishingiz kerakligini ayting.

3. Kassa xodimiga rekvizitlarni ko‘rsating:
Tugatish komissiyasining Yagona hisobraqami
STIR
: 201 053 774
Hisobraqam (so‘m): 2989 6000 9 0000 0014 107
Bank: Markaziy bank Toshkent sh. Hisob-kassa markazi
Bank MFO kodi: 00014

4. To‘lov maqsadida quyidagilarni ko‘rsating:
• “Shartnoma bo‘yicha qarz to‘lovi”;
• shartnoma raqami va sanasi;
• F.I.O.;
• pasport seriyasi va raqami.

3-qadam. To‘lov jadvali bo‘yicha summani to‘lang.

Shartnomada ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha to‘lovni o‘tkazing.

4-qadam. Kvitansiyani saqlab qoling.

Kredit to‘liq yopilgunicha to‘lov haqidagi
chek yoki kvitansiyani saqlab qo‘ying.

5-qadam. To‘lovlar hisobini olib boring.

Quyidagilarni qayd qiling:
• to‘lov sanasi
• summa
• kvitansiya raqami

Bu shartnoma bo‘yicha to‘lovlaringiz hisobini yuritishga yordam beradi.
43
👍 11
🙊 1
834 270 12.5K

Обсуждение 834

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Y

Yangi bank

6.8K
Yangi bank Tugatish komissiyasi.

Tugatish komissiyasining rasmiy sahifasi: www.yangi.uz
Открыть в Telegram