Hurmatli omonatchilar!
Yangi Bankni tugatish bo‘yicha barcha jarayonlar qonunchilikka qat’iy rioya etilgan holda va vakolatli organlar nazorati ostida amalga oshirilmoqda. Sizlardan xotirjamlikni saqlashingizni, mish-mishlar va hissiyotlarga berilmasligingizni so‘raymiz.
Iltimos, jarayonni “yengillashtirib berish” yoki “tezlashtirib berish”ni va’da qilayotgan shaxslarga ishonmang. Barcha masalalar bo‘yicha faqat Omonatlarni kafolatlash agentligi va Tugatish komissiyasi bilan rasmiy aloqa kanallari orqali bog‘laning.
Eng muhimi:
Eng muhimi:
200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlar bank aktivlari hisobidan emas, balki Agentlik mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi. Ushbu mablag‘larni siz belgilangan tartibda va to‘liq hajmda albatta olasiz.
Barcha to‘lovlar sizlar uchun qulay va bosqichma-bosqich tashkil etiladi, shunda ortiqcha murakkabliklar va navbatlar yuzaga kelmaydi.
Belgilangan summadan ortiq bo‘lgan omonatlar bo‘yicha mablag‘larni qaytarish bankni tugatish jarayoni doirasida amalga oshiriladi. To‘lovlarning tartibi, bosqichlari va mexanizmlari Tugatish komissiyasi tomonidan qo‘shimcha va batafsil tushuntiriladi.
Tushunganingiz va ishonchingiz uchun rahmat. Biz ushbu jarayon xotirjam, shaffof va adolatli o‘tishi uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz.
Обсуждение 21
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram