17.01.2026 14:43
Omonatchilar va karta egalari uchun ma'lumotlar

Karta yoki omonatdagi mablag‘laringiz summasi (hisoblangan foizlar bilan birga) 200 mln so‘mdan oshmagan taqdirda, Tugatish komissiyasi ofisiga borishingiz shart emas. Mablag‘lar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan qonunchilikda belgilangan 15 ish kunigacha bo‘lgan muddatda qaytariladi.

Agar omonatdagi mablag‘laringiz summasi 200 mln so‘mdan ortiq bo‘lsa, quyidagi manzil bo‘yicha Tugatish komissiyasi ofisiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
📍 O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 99-uy.

ℹ️ Mijozlarga bank va mablag‘lar qaytarilishi usuliga doir ma’lumotni yetkazish Tugatish komissiyasi tomonidan ochiq manbalarda tegishli axborotni joylashtirish, shuningdek, yakka tartibda xabardor qilish orqali amalga oshiriladi.
👍 17
9
👎 3
53 139 16.9K

Обсуждение 53

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Y

Yangi bank

6.8K
Yangi bank Tugatish komissiyasi.

Tugatish komissiyasining rasmiy sahifasi: www.yangi.uz
Открыть в Telegram