16.01.2026 22:38
HURMATLI MIJOZLAR!

Shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga muvofiq, “YANGI BANK” AJning bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini chaqirib olish, bank faoliyatini majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va tugatish komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Yuqorida ko‘rsatilgan qaror bilan Tugatish komissiyasining quyidagi tarkibi tasdiqlandi:

Rais: “YANGI BANK” AJ Kuzatuv kengashi raisi — Xusainov А.G.
A’zo: “YANGI BANK” AJ G‘aznachilik departamenti direktori — Soatov Sh.М.
A’zo: “YANGI BANK” AJ Bosh buxgalteri — Xadiyeva U.Yu.
A’zo: Omonatlarni kafolatlash agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari — Abbosov N.I.

Kreditorlar o‘z talablarini “YANGI BANK” AJning quyidagi manzili bo‘yicha taqdim etish huquqiga ega: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, A. Temur ko‘chasi, 99-uy.

Kreditorlarning talablari Tugatish komissiyasiga yozma shaklda, ariza va ushbu talablarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga taqdim etilishi shart. Talablar bayon qilingan arizada kreditor quyidagilarni ko‘rsatishi lozim:

• o‘zi haqidagi ma’lumotlar;
• yuridik shaxslar uchun: tashkilotning to‘liq nomi, joylashgan manzili (pochta manzili), bank rekvizitlari;
• jismoniy shaxslar uchun: shaxsiy identifikatsiya raqami, pochta manzili, jismoniy shaxsning bank rekvizitlari (bor bo‘lsa);
• elektron pochta manzili (bor bo‘lsa).

Arizada elektron pochta manzilining ko‘rsatilishi kreditorning bankka nisbatan o‘z talablarining turi va summasi haqidagi xabarnomalarni, shuningdek, talablarini to‘liq qanoatlantirishda rad javobi berilgan taqdirda, bu haqda elektron shaklda xabarnomalarni olishga rozilik berganligini anglatadi.

Kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddati 2026-yil 16-martgacha etib belgilangan. Bunda kreditorlarning barcha talablari Tugatish komissiyasiga taqdim etilishi mumkin.

E’tiboringizni shunga qaratamizki, qo‘yilgan talablardan qat’i nazar, kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiyalar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan to‘lab beriladi.

Kafolatlangan omonatlar bo‘yicha kompensatsiyalarni to‘lash tartibi, jumladan to‘lash muddatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun Omonatlarni kafolatlash agentligiga murojaat qilishingizni so‘raymiz (Omonatlarni kafolatlash agentligining tezkor aloqa raqami: + 998 555 500 500).

Ma’lumot uchun:
Omonatlarni kafolatlash obyektining egasi bo‘lgan kreditor (omonatchi) bankning Tugatish komissiyasidan kafolatlangan omonat bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari summasidan ortiq mablag‘ni talab qilish huquqiga ega.

Keyingi barcha tartib-taomillar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, shu jumladan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga qat’iy muvofiq holda amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar olinishi bilan mijozlarga yetkazib boriladi.

Sizdan faqat bankning veb-saytida — https://yangi.uz va Omonatlarni kafolatlash agentligining veb-saytida — https://uzoka.uz, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda (Telegram — @uzoka_uz, Instagram* va Facebook* — uzoka.uz) joylashtirilgan rasmiy xabarlarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz.

“YANGI BANK” AJ REKVIZITLARI (depozitlarni to‘lash, kreditlarni so‘ndirish va boshqa to‘lovlar uchun):

Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 99-uy
e-mail: info@yangi.uz
STIR: 201 053 774
Hisobraqam (so‘m): 29896 000 9 00000014 107
Markaziy bankning Toshkent shahridagi hisob-kitob kassa markazida
Bank MFO: 00014
Telefon: + 998 78 777 88 87 (aloqa markazi)
yangi.uz
Yangi Bank – Цифровой банк Узбекистана | Вклады, займы, обслуживание бизнеса, карты, переводы
Оформите займ онлайн, откройте вклад с 15% годовых, управляйте деньгами без визита в банк. Бизнесу: расчётные счета, деньги для бизнеса, платежи, валютные операции, карты, факторинг
29
🥴 4
👏 1
73 170 8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 73

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Y

Yangi bank

6.8K
Yangi bank Tugatish komissiyasi.

Tugatish komissiyasining rasmiy sahifasi: www.yangi.uz
Открыть в Telegram